Foto: 3Dnews
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi koronavirus bilan kasallangan bemorlarga karantin muddati zerikishsiz o‘tishi uchun planshet va smartfonlarini sovg‘a qilmoqda, deb xabar bermoqda CNET.
«Biz karantinda bo‘lgan bemorlarga qarindoshlari va do‘stlari bilan aloqada bo‘lib turishlari uchun smartfon hamda planshetlar beryapmiz. Bundan tashqari, shifoxonalar va karantin markazlariga havo tozalagich va boshqa qurilmalarni yetkazib beryapmiz. Shuningdek, bolalar o‘qishni masofadan turib davom ettirishlari uchun turli ta’lim muassasalarini kerakli qurilmalar bilan ta’minlayapmiz», — deyiladi kompaniya bayonotida.
Samsung kompaniyasi mahalliy hukumat va jamiyatni qo‘llab-quvvatlash maqsadida hozirga qadar 26 million dollar ajratdi.
COVID-19 koronavirusi pandemiyasi butun dunyo iqtisodiyotiga jiddiy zarba berdi. Shuningdek, ko‘plab texnologik kompaniyalar jabr ko‘rdi, do‘konlar va ofislar yopildi, xodimlar soni qisqartirildi, qolganlar esa masofadan turib ishlashga o‘tdi. Koronavirus Samsung kompaniyasiga ham zarar yetkazdi. Uning fabrikalarida ilk bemorlar paydo bo‘ldi, kompaniya AQSHdagi do‘konlarini yopdi, bundan tashqari, xodimlarining maoshlarini kamaytirdi.
Ta’kidlanishicha, kompaniya muhandislari tibbiyot niqoblari ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash bo‘yicha Janubiy Koreyaning boshqa kompaniyalari bilan ishlab kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi