Foto: «RIA Novosti»
Checheniston hukumati karantin rejimini kuchaytirishga qaror qildi. Mamlakat yetakchisi Ramzan Qodirov o‘zining Telegram’dagi kanali orqali soat 20:00 dan 8:00 ga qadar butun mamlakatdagi aholi punktlarida har qanday transport va piyodalar harakati to‘xtatilishini ma’lum qildi. Ushbu yangi choralar 3 apreldan kuchga kiradi.
Ta’kidlanishicha, alohida tashkilot va xizmatlar bundan mustasno, biroq Qodirov ularning ro‘yxatini hali taqdim etmagan.
Respublika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu cheklov chorasi majburiy ravishda qabul qilinmoqda. «Pala-partish choralar bilan koronavirusni jilovlab bo‘lmaydi. Tarqalish zanjirini sindirish kerak», — deydi Ramzan Qodirov.
Natijada Checheniston fuqarolar harakatlanishi ma’lum soatlar oralig‘ida cheklab qo‘yilgan Rossiyaning ilk mintaqasiga aylandi.
Pandemiya boshlanganidan buyon Checheniston hukumati cheklov choralarini joriy etmoqda. Aynan ushbu mintaqada birinchi bo‘lib barcha restoran, kafe va ommaviy to‘planish joylari yopildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”