Nyu-York shahrining Bruklin tumanida joriy haftada ikki o‘zbekistonlik koronavirusdan vafot etdi. Biri erkak, biri ayol bo‘lgan marhumlarning yoshi 50-60 orasida.
«Amerika ovozi» xabar berishicha, ular Qo‘shma Shtatlarda doimiy yashab, ishlab kelgan, oilalari ham shu yerda.
Marhum erkak Nyu-Jersi shtatida koronavirusdan jon berganlar bo‘yicha qoidalar asosida dafn etilgan. Janoza o‘qilgan, lekin boshqa urf-an’analar chetlab o‘tilgan.
Ma’lum qilinishicha, 6-7 yildan buyon AQSHda o‘z oilasi bilan doimiy yashab kelgan fuqaro qand kasalligidan qiynalgan. Ustachilik bilan shug‘ullangan 51 yoshli erkak mart oyi o‘rtalarida shamollab kasalxonaga tushgandi. Pnevmoniya uning holatini yanada og‘irlashtirgan.
3 aprel kuni esa Bruklindagi kasalxonalardan birida joni uzilgan o‘zbekistonlik ayolning yaqinlari u Covid-19’dan vafot etganini tasdiqlagan. Yoshi 60dan oshgan ayol 9 yildan buyon AQSHda doimiy yashab kelgan.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda koronavirus tarqalishining AQSHdagi o‘chog‘iga aylangan Nyu-York shahrida o‘n minglab o‘zbekistonliklar yashaydi. Koronavirusdan zararlanganlar orasida o‘zbekistonliklar ham bor. Xususan, bemorlar orasida homilador ayollar, qolaversa, yoshlar va keksalar bor. Kasalxonalarda joy yetishmagani bois va ahvoliga qarab, shifokorlar muayyan talablar bilan ba’zilarni uyiga jo‘natmoqda.
«O‘zbekiston fuqorolari orasida virusdan o‘lim hollari yuz berganida va umuman fuqarolar hozirgi favqulodda holatlarda O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi va Nyu-Yorkdagi konsulligi bilan bog‘lanishi tavsiya qilinadi. Vakolatxonalar har jihatdan ko‘mak ko‘rsata olmasligi mumkin, lekin elchixona va konsullik hujjatlar va boshqa zaruratlar borasida ko‘maklashishga tayyor ekanini eslatib turibdi», deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
O‘zbekiston sobiq bosh prokurorining qidiruvdagi o‘g‘li Dubayda 7,9 mln dollarlik ko‘chmas mulkka egalik qiladi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari