11:41 / 05.04.2020
2 331

Nyu-Yorkda shifokorlar xalatlar o‘rniga chiqindi paketlari kiyishlariga to‘g‘ri kelishi mumkin

Nyu-Yorkda shifokorlar xalatlar o‘rniga chiqindi paketlari kiyishlariga to‘g‘ri kelishi mumkin
Foto: REUTERS/Brendan McDermid
Nyu-Yorkning Bruklin tumanidagi tibbiyot markazi shifokorlari va xodimlari tibbiy xalatlar yetishmayotgani sababli yomg‘irpo‘shlar va chiqindilar uchun mo‘ljallangan paketlarni kiyishlariga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Bu haqda ushbu markaz - SUNY Downstate Medical Center prezidenti Ueyn Rayli CNN telekanaliga ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, tibbiyot muassasasida faqat 1,5 kungagina yetadigan xalat qolgan.

Bizni davlat zaxirasidan qachon ta’minlashlarini kutib o‘tirolmaymiz. Bizga davlat zaxirasi deyarli tugagani ma’lum. Shu sababli ushbu vaziyatda topqirlik qilish kerak”, deb aytgan Rayli.

31 mart kuni Nyu-York meri Bill de Blazio shahardagi dori-darmon zaxirasi bir haftagagina yetishini ma’lum qilgan.
Ayni vaqtda Nyu-York AQSHda koronavirus tarqalishi markazi hisoblanadi. Bu yerda koronavirusga chalingalar soni 100 mingdan, qurbonlari soni esa 3 mingdan oshib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Yorkda shifokorlar xalatlar o‘rniga chiqindi paketlari kiyishlariga to‘g‘ri kelishi mumkin