Stenford universiteti olimlarining fikriga ko‘ra, Yer sayyorasini yana iqlim o‘zgarishi sabab uzoq vaqt davom etadigan o‘rmon yong‘inlari kutmoqda. Bu haqda «Gazeta.ru» ga asoslanib «Xabar» nashri ma’lum qilmoqda.
Ekspertlarga ko‘ra, odamlarning xatolari tufayli yuzaga kelgan global isish meteorologik sharoitlarga ta’sir qiladi va bu o‘z navbatida kuchli o‘rmon yong‘inlariga olib kelishi mumkin.
So‘nggi 40 yil ichida kuz oylarida o‘rmon yong‘inlari xavfi Kaliforniyada ikki baravar oshadi.
Bundan tashqari, 80-yillardan beri xuddi shu hududda ekstremal ob-havo sharoiti bo‘lgan kuz kunlarining soni ikki baravar ko‘paydi. Yog‘ingarchilik miqdori qariyb 30 foizga kamaydi va o‘rtacha harorat bir darajadan yuqori darajaga ko‘tarildi.
Olimlarning ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi oqibatlari sayyoramizning boshqa mintaqalarida, jumladan Avstraliya va Rossiyada ham kuzatilmoqda. «COVID-19» bilan kurash yakunida yangi bir muammo paydo bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda
Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi
Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi
Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi
O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi?