18:20 / 09.04.2020
3 569

Saudiya Arabistoni podshohlik oilasining 150 a’zosida koronavirus aniqlandi

Saudiya Arabistoni podshohlik oilasining 150 a’zosida koronavirus aniqlandi
Muhammad bin Salmon Ol Saud/Foto: Erin Schaff/The New York Times
Saudiya Arabistoni podshohlik oilasining 150 a’zosida koronavirus aniqlandi. Shu munosabat bilan shifoxonada 500 ta o‘rin tayyorlab qo‘yilgan. Bu haqda podshohlik oilasiga yaqin manbaga tayanib The New York Times nashri xabar berdi.

Shu munosabat bilan podshohlik oilasiga xizmat ko‘rsatuvchi Podshoh Faysal nomidagi shifoxonada 500 ta VIP-o‘rin tayyorlab qo‘yilgan. Ayni vaqtda shifoxonaning jonlantirish bo‘limida Ar-Riyod gubernatori bo‘lgan shahzodalardan biri joylashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, 84 yoshli podshoh Salmon Qizil dengizdagi orolda joylashgan saroyida izolyatsiyada bo‘ladi. Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud va vazirlar hozirda izolyatsiyada qolmoqda.

Ayni vaqtda Saudiya Arabistonida koronavirus pandemiyasi sababli yirik shaharlar qat’iy karantinda qolmoqda. Bu yerda do‘konlarga yoki tibbiy yordam uchungina ko‘chaga chiqishga ruxsat berilgan.
Hozirda podshohlikda koronavirusga chalinganlar soni 3 mingga yaqinni, vafot etganlar soni esa 41 nafarni tashkil qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni podshohlik oilasining 150 a’zosida koronavirus aniqlandi