Foto: «RIA Novosti»
AQSHning Michigan universiteti huzuridagi Jamoat sog‘lig‘ini saqlash maktabi olimlarining xulosasiga ko‘ra, shu paytgacha ma’lum bo‘lgan hamda odamda qayd etiladigan yetti turdagi koronavirusning to‘rttasi gripp kabi mavsumiy epidemiyani yuzaga keltiradi. Bu haqda MedicalXpress nashri xabar berdi.
Olimlarning qayd etishicha, kasallanishning asosiy qismi qish oylarida qayd etilishi pandemiyaning eng yuqori darajaga ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy vaqtni ko‘rsatishi mumkin.
Shifokorlar 2010 yilda to‘rt turdagi odam koronavirusining (OC43, 229E, HKU1 va NL63) tarqalishini kuzata boshlagan. Mazkur viruslar yuqqanda, kasallik belgilari yengil bo‘ladi. Hozirda olimlar SARS-CoV-2, ya’ni yangi turdagi korovirusning tarqalishini o‘rganmoqda.
Ma’lum qilinishicha, kasallik yuqishining asosiy holatlari dekabr oyidan aprel-may oylarigacha kuzatilgan, bunda kasallikning eng yuqori darajasi yanvar-fevral oylariga to‘g‘ri kelgan. Kasallanishning 2,5 foizigina iyun-sentabr oylariga to‘g‘ri kelgan.
Mavsumiy koronaviruslar COVID-19 kasalligini yuzaga keltiruvchi SARS-CoV-2 koronavirusi bilan bog‘liq. Biroq yangi turdagi koronavirus o‘zini avval ma’lum bo‘lganlari kabi tutadimi yoki yo‘qligi hozircha noma’lum.
COVID-19 pandemiyasi deyarli butun dunyoni qamrab oldi. Eng jiddiy vaziyat AQSH, Ispaniya va Italiyada kuzatilmoqda. Epidemiyaning dastlabki o‘chog‘i bo‘lgan Xitoyda kasallik bartaraf etilgani ma’lum qilindi. Xitoy hukumati 2019 yilning dekabr oyi oxirida kasallik qayd etilgan Uxan shahriga kirish-chiqishni 7 apreldan boshlab ochdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi