2 167
Rossiya rozi bo‘ldi. OPЕK+ davlatlari neft qazib olish hajmini qisqartirishga kelishishdi
Foto: Reuters
OPЕK+ davlatlari videokonferensiya shaklidagi uchrashuvda bozordagi narxlarni nazorat qilish maqsadida kunlik neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha kelishib oldi.
Bloomberg nashri xabarida aytilishicha, OPЕK+ mamlakatlari neft qazib olish hajmini kuniga 10 million barrelgacha qisqartirishga kelishib olgan.
Muzokaralardan xabardor delegatlardan birining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ham qazib olish hajmini qisqartirishga rozi bo‘lgan. Kreml AQSH ham bu boradagi ishlarga faqat gap bilan emas, amaliy tarzda qo‘shilishini xohlamoqda.
Tramp esa AQSH neft qazib olishni qisqartirmasligini ma’lum qilgan. O‘z navbatida, AQSHning ba’zi hududlarida talab kamaygani sabab neft qazib olish hajmi avtomatik tarzda qisqargan.
OPЕK+ uchrashuvi oldidan neft narxi biroz ko‘tarildi. London birjasida Brent 1,6 foizgacha qimmatlab, 1 barreli 33,37 dollarga yetdi. Bu holatdan Saudiya Arabistoni unumli foydalanib qoldi. OPЕK+ muzokaralarining tafsilotlaridan taxminan xabardor bo‘lgani aytilayotgan Saudiyaning Public Investment Fund kompaniyasi neft arzonlashi sabab narxi tushgan Yevropaning yirik neft va gaz korxonalari aksiyasini sotib olishni boshlagan. Saudiya bu uchun 1 milliard dollar sarflagani aytilmoqda.
Turli manbalar OPЕK+ muzokaralari tafsilotlarini ma’lum qildi. Ularda aytilishicha, muzokalarga ko‘ra neft qazib olish hajmi turli bosqichlarda olib boriladi. Masalan, iyun oyidan boshlab dunyo bo‘ylab neft qazib olishning kunlik hamji 10 million barrelga kamaytiriladi. Dekabrdan bu ko‘rsatkich 8 million barrelga yetadi, keyingi yil apreldan kunlik neft qazib olish hajmi hozirgiga qaraganda 6 million barrelga kamayadi. Neft qazib olish hajmini qisqartirish rejasi ikki yilga mo‘ljallangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi