Foto: Twitter @gauravbhanu89
Hindistonda koronavirus tarqalishi oldini olish uchun 23 martdan kiritilgan karantindan keyin ekologik vaziyat ancha yaxshilandi.
Buning isboti sifatida Panjob shtati aholisi karantin vaqtida havo tozalangani sababli uzoq yillar davomida ilk bor Himoloy tog‘larini ko‘ra olishganini aytish mumkin. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Tog‘lardan 200 km uzoqlikda joylashgan Jalandxor shahri va uning yon atrofidagi aholi ijtimoiy tarmoqlarda tog‘ning suratlari bilan bo‘lishib, uni o‘nlab yillar davomida ko‘ra olishmaganini ta’kidlab o‘tishgan.
“Havo tozalangani sababli 30 yil ichida ilk bor Himoloyni aniq ko‘ra oldim. Bu ajoyib”, deb yozgan foydalanuvchilardan biri Manjit Kang.
Havo hududda sanoat korxonalari va avtomobillar harakatlanishi to‘xtagandan keyin yaxshilangan. Hindistonning ekologiyani nazorat qilish markaziy kengashining ta’kidlashicha, karantin choralari kiritilishining birinchi kuniyoq havo 44 foizga tozalangan. Karantinning bir haftasi ichida esa mamlakatning 85 ta shahrida ekologik vaziyat yaxshilangan.
Avvalroq Italiyaning Venetsiya shahridagi kanallar karantin vaqtida tiniq ko‘rinishga kelgani ma’lum qilingandi. Ularda baliqlarni va hattoki delfinlarni ko‘rish mumkin bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi