
Koronavirusdan sog‘aygani aytiladigan kishilardan bir necha kun keyin olingan testlar ijobiy natija ko‘rsatmoqda. Janubiy koreyalik olimlarning aniqlashicha, bunda qayta yuqtirish ehtimoli juda kam.
Koronavirus kasallikdan sog‘ayganlar tanasida «qayta faollashishi» mumkin, deya ta’kidlamoqda J. Koreya Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazi. Bu haqda Forbs nashri yozmoqda. Sog‘aygan deb hisoblangan 51 kishida o‘tkazilgan tekshiruv natijasi ijobiy natija bergan. Sinovlar bemorlarning karantindan chiqarilganidan so‘ng olingan bo‘lib, mutaxassislar bemorlarning virusni qaytadan yuqtirish ehtimolidan ko‘ra, uning qayta faollashuvi mumkinligini haqiqatga yaqin deb taxmin qilishmoqda.
Shu bilan birga, virusning qayta faollashuvi, hozircha taxmin xolos. «Garchi biz qayta faollashuvni ehtimoliy sabab sifatida ko‘rayotgan bo‘lsak-da, bu borada keng miqyosli tadqiqot o‘tkazmoqdamiz. Davolash chog‘larida bemorning test natijalari bir kun salbiy, keyingi kun ijobiy natija ko‘rsatgan holatlar ko‘p bo‘ldi», — degan Chon In-ken. Uning qo‘shimcha qilishicha, tashkilot taxminni tekshirib ko‘rish uchun epidemiologik tekshiruvlar o‘tkazadi.
Ma’lum qilinishicha, takroriy virus aniqlangan bemorlar Janubiy Koreyaning 4-yirik shahri – Tegu yoki uning atrofidagi hududlarda istiqomat qilishadi. Shu haftada Markaz Teguga o‘rganishlar o‘tkazish uchun maxsus guruhini yuborgan. Uning ilk natijasi kelgusi haftada e’lon qilinishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar