4 166
Epidemiolog Xitoyda koronavirusning ikkinchi to‘lqini sodir bo‘lishi ehtimolini baholadi
Foto: AP Photo
Xitoyda koronavirus infeksiyasining keng ko‘lamli ikkinchi to‘lqini kasallikning boshqa davlatlardan kirib kelishi hisobiga sodir bo‘lish ehtimoli juda kam. Bu haqda mamlakat bosh epidemiologi Chjun Nanshanga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.
Ekspertning ma’lum qilishicha, virusning Yevropa mamlakatlari, Amerika va hatto Janubi-sharqiy Amerikadan kirib kelishi va tarqalishi xavfi mavjud, chunki ushbu mintaqalardan kelgan bemorlarning virulentligi (kasallikni yuqtirish) juda yuqori, ayniqsa, belgilari namoyon bo‘layotgan bemorlarda.
«Kasallik yana avj oladimi, ya’ni biror mahalliy yoki undan kattaroq miqyosda bo‘ladimi, masalan, oilada, maktabda yoki bir guruh odamlarda, o‘ylashimcha, bundayin ehtimol juda past. Xitoyda, har bir alohida turar joy maydonida va uyning darajasiga qadar juda qattiq profilaktika choralari ko‘rilmoqda», — deydi ekspert.
Epidemiologning ta’kidlashicha, Xitoyda barcha niqob taqib yuribdi, muloqot vaqtida masofaga rioya qilmoqda, bundan tashqari, biror kishining tana harorati ko‘tarilsa yoki boshqa belgilar paydo bo‘lsa, tezkorlik bilan ma’lum qilinib, izolyatsiyaga olinyapti.
«Shu sababli bunday sharoitda kasallikning tarqalish ehtimoli juda past, lekin, albatta, xavf bor», — deya ta’kidlaydi Chjun Nanshan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda pandemiya boshlanganidan buyon 81 953 kishida koronavirus aniqlangan, jami 3339 kishi vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?