09:28 / 13.04.2020
1 935

OPЕK+ mamlakatlari neft qazib olishni qisqartirish to‘g‘risida kelishuv imzoladi

OPЕK+ mamlakatlari neft qazib olishni qisqartirish to‘g‘risida kelishuv imzoladi
Foto: Shutterstock
OPЕK+ mamlakatlari 1 maydan neft qazib olishni sutkasiga qariyb 10 mln barrelga qisqartirish to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Bu haqda Kuvayt energetika vaziri Xolid al-Fadil Twitter orqali ma’lum qildi.

«Biz 2020 yil 1 maydan OPЕK+ tomonidan neft qazib olishni sutkasiga qariyb 10 mln barrelga qisqartirish to‘g‘risida tarixiy kelishuv imzolanganini e’lon qilamiz», — deb yozdi u.

Qozog‘iston energetika vazirligining ma’lum qilishicha, ishtirokchilar 1 maydan ikki oyga neft qazib olishni sutkasiga 9,7 mln barrelga qisqartirish to‘g‘risida kelishib olgan.

Ikki oydan so‘ng neft qazib olish hajmi oshib boradi: 2021 yil yanvargacha qisqartirish sutkasiga 8 mln barrelni, undan so‘ng 2022 yil aprelgacha 6 mln barrelni tashkil etadi.

Avvalroq OPЕK+ mamlakatlari videokonferensiya shaklidagi uchrashuvda bozordagi narxlarni nazorat qilish maqsadida kunlik neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha kelishib olgani xabar qilingandi.

Yil boshidan buyon «qora oltin» narxi 50 foizga arzonlab ketdi. Neft bozoriga salbiy ta’sir qilgan birinchi omil koronavirus sababli butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqarishning to‘xtatilishi, davlat chegaralarining yopilishi va aviaaloqaning to‘xtatilishi bo‘ldi. Ikkinchi salbiy omil esa Rossiya va Saudiya Arabistonining OPЕK+’ning neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha kelishuvidan chiqishi hisoblanadi. Buning natijasida neft narxi oxirgi 20 yil ichidagi minimum qiymatgacha tushib ketdi.

2016 yilda neft qazib oluvchi davlatlar neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha bitim tuzgandi. U neft narxini 50 dollardan yuqori qiymatda ushlab turishga imkon bergandi. 2020 yil 1 apreldan bitim amal qilishdan to‘xtadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OPЕK+ mamlakatlari neft qazib olishni qisqartirish to‘g‘risida kelishuv imzoladi