Foto: Anadolu Agency
Koronavirus pandemiyasi bartaraf etilmas ekan, Saudiya Arabistoni masjidlarida jamoat namozlari o‘qilishini to‘xtatib turish bo‘yicha qaror ham o‘z kuchida qoladi. Bu Ramazon oyidagi taroveh namozlariga ham taalluqli. Bu haqda podshohlikning islom masalalari bo‘yicha vaziri Abdulatif ash-Shayxga tayanib, Saudi Gazzette xabar berdi.
Abdulatif ash-Shayxning tushuntirishicha, sunnat hisoblanuvchi taroveh namozidan ko‘ra, kundalik besh mahal farz namozlarining masjidlarda o‘qilishi to‘xtatib turilgani ancha muhimroq ahamiyat kasb etadi.
«O‘qiydigan taroveh namozimiz xoh masjidda bo‘lsin, xoh uyda qabul bo‘lishini Alloh taolodan so‘rab qolamiz», — deydi vazir. U ehtiyot chorasi sifatida dafn marosimlarida marhumning ko‘pi bilan 5-6 nafar qarindoshi qatnashishi mumkinligini ta’kidlagan.
«Ko‘pchilikning bir joyga yig‘ilishiga qo‘yilgan taqiq sababli qabristondagi janoza namozida qatnashuvchi marhumning qarindoshlari 5-6 kishidan oshmasligi joiz. Marhum uchun janoza namozi o‘qishni istaganlar uylarida ham o‘qishlari mumkin», – deya ma’lum qilgan Abdulatif ash-Shayx.
Podshohlikda ramazon oyi 24 apreldan boshlanishi kutilmoqda.
6 aprel kuni Saudiya Arabistoni hukumati Makka va Madinadan tashqari yana bir qator shaharda komendantlik soati joriy etilishini ma’lum qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi