date
views 2 876

Eron koronavirusga qarshi kurashda AQSHga yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi

Eron koronavirusga qarshi kurashda AQSHga yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi
Foto: Reuters
Eron jahon hamjamiyatining xavfsizligi siyosiy bo‘linishlardan ustun turgani sabab AQSH bilan o‘rtasidagi dushmanlik munosabatiga qaramay, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashda Amerika xalqiga yordam ko‘rsatishga tayyor. Bu haqda Eronning Rossiyadagi elchisi Kozim Jaloliy «Izvestiya» nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Avvalroq Eron jahon hamjamiyatidan AQSHni Tehronga qarshi sanksiyalarini bekor qilishga chaqirishni so‘ragan edi.

«Aslida, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish va kasallikning oldini olish — bu butun insoniyatni himoya qilishdir. Ushbu virus chegara bilmagani sabab unga qarshi kurashish uchun barcha davlatlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish kerak. Eron o‘ziga nisbatan qattiq, noqonuniy va noinsoniy saksiyalar joriy etgan AQSH xalqiga ham koronavirusga qarshi kurashda yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi», — deydi diplomat.

Shuningdek, elchining aytishicha, tibbiy niqoblar, sun’iy nafas oldirish apparatlari, tashxis qo‘yuvchi test-tizmlarga muhtoj bo‘lgan Eronga bir qator davlatlar, xususan, Rossiya ham yordam ko‘rsatgan. Jaloliyning ta’kidlashicha, AQSH tomonidan avvalroq taklif qilingan yordam — siyosiy xarakterga ega.

«AQSHning ushbu masalaga yondashuvi mutlaqo siyosiy. Vashingtonning niyati yaxshi bo‘lganida amerikaliklar Eronga va boshqa davlatlarga nisbatan shafqatsiz bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilgan bo‘lardi. Ayrim davlatlarning rasmiylari, jumladan, Rossiya, Xitoy va hatto Yevropa Ittifoqi, shuningdek, BMT bosh kotibi ushbu sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi, biroq AQSH o‘zini xuddi hech narsaga aloqasi yo‘qdek tutmoqda», — deydi elchi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirus bilan kasallanganlar soni 71 ming kishidan oshgan, AQSHda esa ushbu ko‘rsatkich — 557 ming kishidan oshib ketdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron koronavirusga qarshi kurashda AQSHga yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi