Foto: «RIA Novosti»
Hindistonda Tibbiy tadqiqot kengashi (ICMR) olimlari mamlakatda yashovchi ko‘rshapalaklarda koronavirusning yangi tipini aniqlashdi, uning xavfi hali o‘rganilmagan, deb yozadi «India Today» jurnali.
Nashrning xabar berishicha, gap shimoliy Ximachal-Pradesh shtati, sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Kerala va Tamilnad shtatlari hamda Pondicherri hududidagi qo‘lqanotlilarda aniqlangan «ko‘rshapalak koronavirusi» (BtCoV) haqida bormoqda. Olimlar ikki turdagi ko‘rshapalaklarning 25 tasida tadqiqot olib borishgan.
Hindiston virusologiya milliy instituti xodimi doktor Pryagya Yadavning fikricha, ushbu yangi koronavirus odam uchun qanchalik xatarli ekanligini o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Hozircha uning odamlarda kasallikni keltirib chiqarishi bilan bog‘liq ma’lumotlar yo‘q.
«Ishonch bilan aytamanki, ko‘rshapalaklarning koronavirusi hozirgi pandemiyani keltirib chiqargan SARS-CoV2 virusi bilan bog‘liq emas», — deydi tadqiqotchi.
Uning fikricha, 2018 va 2019 yillarda ko‘rshapalaklarning bu turida Nipax virusi aniqlangan bo‘lib, uni yuqtirgan odamlarning 70 foizi halok bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi