
Grenlandiya orollari COVID-19ni butunlay mag‘lubiyatga uchratgan dunyodagi birinchi hudud bo‘ldi.
Worldometerning yozishicha, Daniya ichidagi avtonom bo‘lgan orolning Nuuk shahrida koronavirus bilan bog‘liq holat mart oyining o‘rtalaridan aprel oyining boshlariga qadar qayd etib kelingan.
Biroq 4 apreldan beri biron bir yangi infeksiya holati aniqlanmagan. Umuman mamlakatda ushbu infeksiya bilan bog‘liq 11 ta holat qayd etilgan. Bugunga kelib bemorlarni barchasi tuzalgan.
Mamlakatda kasallikning birinchi holati aniqlangandan beri jami 912 kishi koronavirus uchun testdan o‘tgan.
High North News mahalliy nashrining xabar berishicha, ushbu voqea munosabati bilan Bosh vazir Kim Kilsening bayonot berishicha, hukumat endilikda koronavirus pandemiyasi natijasida joriy etilgan karantin choralarini asta-sekin bekor qilib boradi.
Yer yuzidagi eng katta orol hisoblangan Grenlandiyaning aholisi 57 728 (2016 yilgi ma’lumot) nafar kishini tashkil etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar