Foto: Getty Images
Italiyalik va ispaniyalik shifokorlarning fikricha, oyoqlarda toshmalar bo‘lishi koronavirus infeksiyasining yana bir alomatlaridan biri bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda Metro'ga tayanib Daryo nashri.
Qayd etilishicha, COVID-19 tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan har 5 bemorning birida teri muammolari kuzatilgan. Ayniqsa, o‘smirlar va bolalarda bunday belgilar ko‘proq uchragan.
Ispaniya pediatrlari assotsiatsiyasida ta’kidlanishicha, koronavirusdagi toshmalar suvchechak yoki qizamiq bilan kechadigan toshmalarga o‘xshaydi. Qizarishlar oyoq barmoqlarida paydo bo‘ladi, keyinchalik ketib, izlari qolmaydi.
Shifokorlar odamlarni bunday toshmalarga jiddiy qarashga va ular paydo bo‘lsa, o‘zlarini izolyatsiya qilishga chaqirgan. Shu bilan birga, birgina shu belgining o‘zidayoq tibbiyot markazlariga bormaslikni, lekin ular paydo bo‘lganda salomatlik holatini diqqat bilan kuzatib borishni maslahat bergan.
Avvalroq Fransiyalik shifokorlar ham koronavirusning shu kabi yangi belgilarini ma’lum qilgan hamda bunday belgilar kuzatilganda fuqarolarni tibbiyot muassasalariga murojaat qilishga chaqirgandi. JSST vakili esa koronavirusning eng yaqqol belgisini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Global Janub kimniki?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi