11:20 / 18.04.2020
2 556

Belarus prezidenti koronavirusni tekshiruvchi Rossiya testlarini tanqid qildi

Belarus prezidenti koronavirusni tekshiruvchi Rossiya testlarini tanqid qildi
Foto: »Kremlin.ru»
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko koronavirusni tekshiruvchi Rossiya testlarining samaradorligiga shubha bilan qarashini ma’lum qildi. Bu haqda «RBK» nashri xabar bergan.

«Testlar — befoyda. Atom stansiyasi qurilishida ishlagan rossiyaliklarni tekshirishgan bo‘lsa ham barcha 15 kishi yakunda shifo topdi, rus testlari esa ularning tahlilini ijobiy deb topgan. Rossiya testlaridan voz kechdik, mahalliy hamda Xitoy testlarini ishlatishga o‘tdik — faqat bitta odamda koronavirus infeksiyasi aniqlandi», — deydi Lukashenko.

U Belarus aholisiga kasallik deb ortiqcha hayajonga berilmaslikni tavsiya qildi. «Yangi virus borasida mavhum narsalar ko‘p, xatolar ham», — degan Belarus davlat rahbari.

«Belarus hukumati koronavirusga qarshi kurashda ko‘pchilik davlatlarning tanqidlariga qaramay o‘ziga xos yo‘l tutdi. Mamlakatda ko‘p harajatga sabab bo‘luvchi ommaviy karantin choralari qo‘llanilmadi, kasallik tarqalgan koronavirus o‘choqlarida kurash olib borilmoqda, hukumat vakillari esa iqtisodiyot haqida qayg‘urishi lozim. Pnevmoniya ketadi, aholini boqishga esa non kerak», — deydi Lukashenko. Uning aytishiga qaraganda Belarus koronavirus bilan kurashda muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Jumladan, Minskda virus bilan kasallanganlarning joyi bo‘shagan.

Jons Hopkins universiteti ma’lumoti bo‘yicha 17 aprel holatiga ko‘ra Belarusda koronavirusga chalinishga oid 4779 ta holat qayd etilgan va 42 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Lukashenko esa ushbu axborotga ters ravishda Belarusda koronavirusdan hech kim o‘lmagani, aksincha og‘ir surunkali kasalliklari bo‘lgan bemorlarning COVID-19’ni ham yuqtirib olishi tufayli dunyodan ko‘z yumganini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belarus prezidenti koronavirusni tekshiruvchi Rossiya testlarini tanqid qildi