Foto: Jonathan Ernst / Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp yaqinda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Indan maktub olganini ma’lum qildi.
U bu haqda 18 apreldagi brifingda aytib o‘tgan.
“Shimoliy Koreya kichik masofalarga mo‘ljallangan raketani sinovdan o‘tkazdi. Shu bilan birga, men yaqinda undan [Shimoliy Koreya yetakchisi] ajoyib maktub oldim. O‘ylaymanki, bizda barchasi yaxshi”, deb javob qilgan Tramp jurnalistlardan birining Pxenyan bilan munosabatlar haqidagi savoliga.
Trampning ta’kidlashicha, “agar u prezident bo‘lmaganda, AQSH hozir Shimoliy Koreya bilan urush olib borayotgan bo‘lardi”.
“Men Kim Chen In bilan yaxshi munosabatdaman”, deb qo‘shimcha qilgan AQSH prezidenti.
Joriy hafta boshida janubiy koreyalik harbiylar Shimoliy Koreya hududidan Yapon dengizi tomon bir nechta snaryad uchirilganini qayd qilishgan. Taxmin qilinishicha, bu snaryadlar qanotli raketalar bo‘lgan va ularning parvozi uzoqligi 150 km dan ko‘proqni tashkil qilgan.
Avvalroq ma’lum qilinganidek, mart oyida Tramp Kim Chen Inga maktub yo‘llagan va unda Shimoliy Koreyaga koronavirusga qarshi kurashda yordam taklif qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi