date
views 4 231

Pandemiya vaqtidagi eng xavfsiz davlatlar reytingi tuzildi

Pandemiya vaqtidagi eng xavfsiz davlatlar reytingi tuzildi
Foto: REUTERS/Corinna Kern
Deep Knowledge Group (DKG) jamg‘armasi ekspertlari koronavirus pandemiyasi vaqtidagi eng xavfsiz davlatlar reytingini tuzishdi.
Bu haqda Express nashri xabar berdi.

Ekspertlarning fikricha, xavfsizlik borasida Isroil yetakchi hisoblanadi.
Isroil doimiy inqiroz holatida ekanligi va chegaralarni yopish hamda favqulodda vaziyatlar borasida katta tajribaga egaligi hisobga olinsa, uning bu boradagi yetakchiligi ajablanarli hol emas”, deb ta’kidlab o‘tishgan mutaxassislar.

2-o‘rinni Germaniya egallagan. Ayni vaqtda u koronavirus bo‘yicha Yevropaning boshqa davlatlariga nisbatan eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega. Vaziyat o‘nglangandan keyin Germaniyada katta iqtisodiy ustunliklarga ega bo‘lishga barcha imkoniyatlar mavjud.

Eng xavfsiz davlatlar yetakchi uchligiga Janubiy Koreya ham kirgan. Shuningdek, Avstraliya, Xitoy, Yangi Zelandiya, Tayvan, Singapur, Yaponiya va Hongkong yuqori o‘rinlarni egallagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pandemiya vaqtidagi eng xavfsiz davlatlar reytingi tuzildi