Foto: «TASS»
Xitoyning Chjetszyan universiteti olimlarining aniqlashicha, SARS-CoV-2 koronavirusi keltirib chiqaradigan COVID-19 kasalligi patogenning shtammiga qarab kasallik og‘irroq yoki osonroq kechishi mumkin. Ularning tadqiqot natijalari MedRxiv portalida e’lon qilingan.
Tadqiqot doirasida ular Xanchjoudan bo‘lgan 11 nafar tasodifiy bemordan namunalar olib, koronavirus mutatsiyasini o‘rgangan. O‘rganish jarayonida ular turli shtammlarning inson hujayralariga qanchalik tez kirib borishi va ularni nobud qilishi mumkinligini aniqlagan.
Natijada, kasallik qo‘zg‘atuvchi tajovuzkor shtammlar mavjudligi tasdiqlandi, ularning virus yuki eng zaif shtammlarga qaraganda 270 baravargacha yuqori bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, olimlar koronavirusning zaifroq mutatsiyalari ular keltirib chiqaradigan kasallikdan o‘lim xavfi darajasini kamaytirmasligidan ogohlantirgan.
Olimlarning qayd etishicha, sinovda ishtirok etgan bemorlarda topilgan koronavirusning eng agressiv shtammlari Italiya va Ispaniyadagi bemorlarda ham aniqlangan. Eng zaif, lekin keng tarqalgan shtamm esa AQSHdagi bemorlarda qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi