«Ikkinchi to‘lqin»: AQSH koronavirusning gripp bilan ittifoqidan xavotirda

Foto: «5 kanal»
AQSH kelgusi qishda koronavirusning ikkinchi, yanada og‘ir to‘lqini bilan to‘qnashishi mumkin. Bu haqda Qo‘shma Shtatlarning kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi rahbari Robert Redfild ma’lum qildi, deb yozmoqda «Washington Post» 21 aprel kungi xabarida.

Robert Redfild. Foto: «Baltimore Sun»
Redfildning aytishicha, kelgusi qishda ehtimoli tutilayotgan virus hujumi AQSH hozir boshdan o‘tkazayotganidan anchayin murakkab bo‘ladi.
Nega murakkab?
Gap shundaki, Redfildning ehtimolda tutishicha, «Koronavirus-2» mavsumiy gripp bilan bir paytga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. «Ikki respirator xastalik ittifoqi»ga qarshi ehtimoliy urushda AQSH sog‘liqni saqlash tizimi aql bovar qilmas bosim ostida qoladi.
Dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakati koronavirusning eng og‘ir imtihonidan o‘tyapti: jahon bo‘yicha koronavirus 2,5 milliondan ortiq insonda aniqlangan bo‘lsa, shulardan har uchinchisi — amerikalik. Mamlakatda virus qurbonlari soni bitta shahar aholisiga tenglashib qoldi — 45 343 nafar.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!AQSH kelgusi qishda koronavirusning ikkinchi, yanada og‘ir to‘lqini bilan to‘qnashishi mumkin. Bu haqda Qo‘shma Shtatlarning kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi rahbari Robert Redfild ma’lum qildi, deb yozmoqda «Washington Post» 21 aprel kungi xabarida.

Robert Redfild. Foto: «Baltimore Sun»
Redfildning aytishicha, kelgusi qishda ehtimoli tutilayotgan virus hujumi AQSH hozir boshdan o‘tkazayotganidan anchayin murakkab bo‘ladi.
Nega murakkab?
Gap shundaki, Redfildning ehtimolda tutishicha, «Koronavirus-2» mavsumiy gripp bilan bir paytga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. «Ikki respirator xastalik ittifoqi»ga qarshi ehtimoliy urushda AQSH sog‘liqni saqlash tizimi aql bovar qilmas bosim ostida qoladi.
Dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakati koronavirusning eng og‘ir imtihonidan o‘tyapti: jahon bo‘yicha koronavirus 2,5 milliondan ortiq insonda aniqlangan bo‘lsa, shulardan har uchinchisi — amerikalik. Mamlakatda virus qurbonlari soni bitta shahar aholisiga tenglashib qoldi — 45 343 nafar.

Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…