date
views 5 591

Karantin tufayli Turkiyada qolib ketgan aktrisa Ra’no Shodiyeva Istanbuldagi shifoxonaga murojaat qildi

Karantin tufayli Turkiyada qolib ketgan aktrisa Ra’no Shodiyeva Istanbuldagi shifoxonaga murojaat qildi
Foto: Instagram / @shodiyevarano
Jaloliddin Manguberdi haqidagi filmda suratga tushish uchun Turkiyaga borib, hozirda karantinni Istanbuldagi mehmonxonada o‘tkazayotgan 20 dan ortiq o‘zbekistonlik aktyorlar orasida Ra’no Shodiyeva ham bor.

Ra’no Shodiyeva 21 aprel kuni o‘zini yomon his qilgani uchun Istanbuldagi klinikalardan biriga murojaat qildi. Bu haqda aktrisa Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi. U Turkiyada tibbiy xizmatdan foydalanishiga ko‘mak bergan sug‘urta kompaniyasiga minnatdorchilik bildirdi.

«Xodimlaringiz men bilan tezda bog‘lanib, uyimdan olisligimni his etmasligim uchun barcha sharoitlarni yaratishgani uchun minnatdorchilik bildiraman.
Siz klinikaga borishimni juda tez tashkillashtirdingiz, hamma e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘ldi
», — deb yozadi aktrisa.

Ra’no Shodiyevaning yozishicha, mehmonxonadagi kimyoviy ishlov berish jarayoni unga allergik ta’sir ko‘rsatgan. Shuning uchun shifoxonaga borishga to‘g‘ri kelgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Karantin tufayli Turkiyada qolib ketgan aktrisa Ra’no Shodiyeva Istanbuldagi shifoxonaga murojaat qildi