Foto: «Depositphotos»
Ekvadorning Guayakil shahar shifoxonasida qarindoshlari bir oy oldin o‘ldi deb o‘ylagan 74 yoshli ayol hushiga keldi, deb yozadi mahalliy «Comercio» gazetasi.
27 mart kuni Guayakil shifoxonasida vafot etgan deb hisoblangan Alba Maruri Granda payshanba kuni hushiga kelib, singlisidan uyiga olib ketishini so‘ragan.
Grandani o‘ldi deb tan olishlaridan oldin uning tana harorati 42 darajagacha ko‘tarilgan, nafas olishi qiyinlashgan. Shifokorlar bemorlarning ismini adashtirib, oilasiga noto‘g‘ri ma’lumot berganda ayol hushsiz bo‘lgan.
Sakkiz kundan so‘ng qarindoshlari «Granda»ni kuydirishgan. Oila Ekvadorda koronavirus tufayli favqulodda holat bekor qilinib, dafn etish marosimlarini o‘tkazishga ruxsat berishini kutib qariyb bir oy begona odamning kuliga tikilib o‘tirishgan.
Endi qarindoshlari shifoxonadan dafn marosimi va krematsiyaga sarflangan ikki ming dollarni undirishni talab qilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ekvadorda 22 179 kishi koronavirusga chalingan, 576 kishi vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi