date
views 6 228

Tojikiston koronavirusga chalinish holati qayd etilganini rasman ma’lum qiladi

Tojikiston koronavirusga chalinish holati qayd etilganini rasman ma’lum qiladi
Foto: rossaprimavera.ru
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Tojikistonda 60dan ortiq kishi karantinda bo‘lib, ular orasida poytaxtdagi maktablar o‘qituvchilari, IIV xodimlari, respublika milliy banki xodimlari bor.

Tojikiston hukumati yaqin vaqt ichida mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holat qayd etilganini e’lon qiladi, qator tumanlarda karantin joriy etiladi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumatidagi manbasiga tayanib “Interfaks” xabar qildi.

"Yaqin vaqt ichida Tojikiston hukumati mamlakatdagi og‘ir epidemiologik vaziyat va koronavirus qayd etilganligini e’tirof etadi hamda qator tumanlarida karantin choralarini joriy etadi", - dedi agentlik manbasi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikistonda 60dan ortiq kishi karantinda bo‘lib, ular orasida poytaxtdagi maktablar o‘qituvchilari, IIV xodimlari, respublika milliy banki xodimlari bor.

O‘tgan haftada Tojikiston xalq-demokratik partiyasi raisi o‘rinbosari Xayriniso Yusufiy karantinga olindi", - dedi u.
Avvalroq Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida bog‘cha va maktablar 27 apreldan 10 maygacha yopilishi xabar qilingandi.

Bir necha kundan beri Tojikiston poytaxtida keng miqyosda ko‘chalar va turli tashkilotlarni dezinfeksiya qilish ishlari davom ettirilmoqda. Ana shu ishlar doirasida shahar hokimiyati qarori bilan koronavirus tarqalishining oldini olish uchun shahardagi barcha bog‘cha va maktablar ikki hafta mobaynida, 27 apreldan 10 maygacha dezinfeksiya qilib chiqiladi. Shu davr mobaynida bog‘cha va maktablarda navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holat qayd etilmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikiston koronavirusga chalinish holati qayd etilganini rasman ma’lum qiladi