06:00 / 28.04.2020
3 845

Kim Chen In nima uchun haddan ortiq semirib ketgani ma’lum qilindi

Kim Chen In nima uchun haddan ortiq semirib ketgani ma’lum qilindi
Foto: AP
KXDR rahbari fua-gra va qimmatbaho vagyu mol go‘shti kabi yuqori kaloriyali taomlarga o‘ch. U shuningdek, akula suzgichlaridan tayyorlangan sho‘rvani ham xush ko‘radi.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning sobiq bosh oshpazi Kendzi Fudzimoto jurnalistlarga uning nima uchun ortiqcha vaznga ega ekanligi sirini ochdi, deb yozmoqda Mirror nashri.

Oshpazning aytishicha, Kim Chen In 2015 yilda bir o‘tirishda har bir shishasi 175 funt turadigan Cristal shampanidan ikki shisha ichgan va yapon zotdor buqasi go‘shtidan tayyorlangan steykni Emmental pishlog‘i bilan birgalikda paqqos tushirardi.

Bundan tashqari, u fua-gra va qimmatbaho vagyu mol go‘shti kabi yuqori kaloriyali taomlarga o‘ch bo‘lgan. Fudzimotoning qo‘shimcha qilishicha, KXDR rahbari akula suzgichlaridan tayyorlangan sho‘rvani ham xush ko‘radi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 36 yoshli Kim Chen Inning vazni 127 kilogramm keladi va ortiqcha vazndan azob chekadi. Taxmin qilishlaricha, uning parhezga rioya qilmasligi va tansiq taomlarga o‘chligi 12 aprelda yuragining operatsiya qilinishiga sabab bo‘lgan.

Avvalroq ayrim ommaviy axborot vositalari Kim Chen In og‘ir ahvoldaligi yoki hattoki o‘lgani haqida xabar tarqatdi. Janubiy Koreya prezidentining maslahatchisi bu taxminlarni rad etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi 13 apreldan beri Vonsan kurort shahrida qolmoqda. Ayni vaqtgacha hech qanday shubhali harakatlanishlar amalga oshirilgani payqalmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In nima uchun haddan ortiq semirib ketgani ma’lum qilindi