Xitoylik olimlar epidemiya boshlangan Uxan shahridagi kasalxonalar ichida aerozol tomchilarida koronavirusning ko‘plab RNK (ribonuklein kislota) zarralarini aniqlashdi.
Bu virusni keltirib chiqaradigan kasallik aerozol yo‘l orqali tarqalishi mumkinligini ko‘rsatadi, deb yozmoqda olimlar "Nature" ilmiy jurnalida.
Yangi turdagi koronavirus epidemiyasi boshlangan dastlabki kunlardan boshlab, olimlar ushbu patogen qanday tarqalishini o‘rganishga (tushunishga) harakat qilishmoqda. Hozirgi vaqtda olimlar koronavirus infeksiyasi qo‘zg‘atuvchisi odamdan odamga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda, havo tomchilari, shuningdek, zararlangan buyumlardan foydalanish orqali yuqayotganini bilishadi.
Bundan tashqari, ko‘plab xitoylik mutaxassislar va ularning yevropalik hamkasblari virus SARS-CoV-2 tashuvchilari nafas oladigan aerozol tomchilariga tushishi va shu orqali boshqa odamlarning o‘pkasiga o‘tishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.
Uxan, Gonkong va Xitoyning boshqa shaharlaridan biologlar ushbu nazariyani tekshirishdi. Ular nafaqat virus tashuvchilari yotqizilgan palatadan olingan, balki kasalxonaning boshqa bo‘limlari, jumladan, koridor, hojatxona, shifokorlar xonasi va virus tushmaydigan boshqa joylardan xuddi shunday mikrotomchi suyuqliklarni yig‘ib, aerozol namunalarini tahlil qilishdi.
Namuna tahlillari — virusning RNK zarralari avvaldan binoning hamma yerida bo‘lganini ko‘rsatdi. Ayniqsa, odamlar to‘planadigan joylar, hojatxona va shifokorlarning kiyim almashtirish xonalari uchun bu xos bo‘lgan.
SARS-CoV-2 ning ushbu xususiyatlarini hisobga olib, qat’iy sanitariya choralari joriy qilingandan so‘ng kasalxonaning hamma yerida virus zarrachalari konsentratsiyasi keskin kamaydi.
Olimlar bu — XXR shifokorlari Uxan va Xubey provinsiyasi hududida koronavirus infeksiyasi tarqalishini tezkor to‘xtatishlarining sabablaridan biri bo‘lganiga ishonishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan"
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi