20:40 / 02.05.2020
2 908

Shimoliy Koreya rahbari nihoyat ko‘rinish berdi (foto, video)

Shimoliy Koreya rahbari nihoyat ko‘rinish berdi (foto, video)
Og‘ir kasalligi va hatto vafot etgan haqida gap-so‘zlar tarqalgan Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In nihoyat ko‘rinish berdi: u 1 may kuni Sunchxon shahrida o‘g‘it ishlab chiqarish zavodining ochiilish marosimida qatnashgan.

Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi xabariga ko‘ra, ochilish marosimida Kim Chen Inga singlisi Kim Yo Chjon va bir qator yuqori martabali amaldorlar hamrohlik qilgan.

Mamlakatning rasmiy nashri hisoblanuvchi Rodong Sinmun gazetasi e’lon qilgan fotosuratlarda Shimoliy Koreya rahbarining amaldorlar bilan suhbatlashayotganini, zavodni ko‘zda kechirayotganini va tabassum qilayotganini ko‘rish mumkin.

Kim Chen In 11 apreldan beri ommaga ko‘rinish bermayotgan edi. U 15 kuni Shimoliy Koreya asoschisi Kim Ir Senning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan marosimda qatnashmadi, bu esa mish-mishlarning kuchayishiga sabab bo‘ldi. AQSH va Janubiy Koreya nashrlari uning yurak operatsiyasidan keyin komaga tushib qolganini, hatto vafot etganini yozdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya rahbari nihoyat ko‘rinish berdi (foto, video)