Foto: «Islam.ru»
Oliy toifali shifokor-otolaringolog Vladimir Zaysev koronavirusga chalingan bemorlarda dastlabki ikki-uch kunda kuzatiladigan alomatlarni ma’lum qildi. Bu haqda u «Zvezda» telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, agar odam spirtli ichimlik iste’mol qilmagan bo‘lsa-da, o‘zida abstinent sindromga yaqin holatni kuzatsa, sog‘ligiga jiddiy e’tibor berishi zarur. Chunki bu koronavirusning eng birinchi alomatlari bo‘lishi mumkin: «Madorsizlik, og‘irlik hissi, qaqshash, qaltirash, ko‘z oldida og‘riq, charchoq paydo bo‘ladi, lekin isitma chiqmaydi».
Shundan keyin kasallikning asosiy alomatlari boshlanadi. Shifokorning fikricha, so‘ngra infeksiya halqum va bo‘g‘izga tushib, tomoqni qichita boshlaydi, keyin esa traxeyaga o‘rnashib, spazm va bo‘g‘ilishga sabab bo‘ladi. Odam asfiksiya, havo yetishmasligidan qiynala boshlasa, bilingki, infeksiya allaqachon bronxlarga yetib borgan bo‘ladi. Bunday holatda zudlik bilan tez tibbiy yordam ko‘rsatish talab etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi