18:30 / 04.05.2020
3 553

Tramp epidemiya boshlanishida Xitoyning «dahshatli xato»sini ma’lum qildi

Tramp epidemiya boshlanishida Xitoyning «dahshatli xato»sini ma’lum qildi
Foto: «News.myseldon.com»
AQSH prezidenti Donald Tramp koronavirus epidemiyasi boshlanishidagi Xitoyning «dahshatli xato»sini e’lon qildi. Bu haqda «Fox News»ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hukumati o‘z aybini tan olishni xohlamagan. Tramp bu gapi bilan Pekin tekshiruv o‘tkazish uchun AQSH va Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti vakillarini Xitoyga kiritishni istamaganiga e’tibor qaratdi.

«Ular buni darrov emas, ancha kech tan olishdi. Shu bois ular xatoga yo‘l qo‘yishdi. Ular yashirishga urinishdi, lekin uddasidan chiqisholmadi», — dedi Oq uy rahbari.

Amerikalik yetakchining nuqtai nazariga ko‘ra, Pekinning eng yomon qarori chegaralarni bir tomonlama yopib qo‘yganligi bo‘lgan. Mamlakatga kirish taqiqlandi, lekin Xitoy fuqarolari chegarani kesib o‘tib, koronavirusni AQSH va boshqa davlatlarga tarqatishi mumkin edi, deb xulosa qildi Tramp.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp epidemiya boshlanishida Xitoyning «dahshatli xato»sini ma’lum qildi