
Foto: Motor
Jonatan Xaginski 17 yoshida 1990 yilda ishlab chiqarilgan motosiklni sotib olgan. Biroq u ushbu motosikldan uzoq bahramand bo‘la olmagan: oradan bir oy o‘tgach yigitcha avariyaga uchragan va singan bilagi bilan shifoxonaga jo‘natilgan. Avariya joyida qarovsiz qolib ketgan Kawasaki KX noma’lum kimsa tomonidan o‘g‘irlab ketilgan, deb xabar beradi Motor.
Shifoxonadan chiqqan Xaginski zudlik bilan motosikli o‘g‘irlangani to‘g‘risida ariza yozgan, biroq qidiruvlar hech qanday natija bermagan.
Oradan 27 yil o‘tgach, o‘g‘irlangan motosikl topildi. NBC telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Konnektikut shtati huquq-tartibot idoralari xodimlari 2019 yilning yozida o‘tkazilgan reydlar vaqtida bir necha o‘nlab kvadrosikl va motosikllarni musodara qilgan.
Ularni utilizatsiyaga yuborishdan oldin, politsiyachilar motosikllar qidiruvda bo‘lgan yoki bo‘lmaganini tekshirib ko‘rgan. Ma’lum bo‘lishicha, Kawasaki KX qariyb 30 yil oldin o‘g‘irlab ketilgan.
Hozirda motosikl o‘zining 44 yoshli xo‘jayiniga qaytarilgan. Ma’lumot uchun, Xaginski mototexnikalarni ta’mirlash ustaxonasiga egalik qiladi.
O'g'irlangan MotosiklJonatan XaginskiKawasaki KXAvariya JoyiQidiruv NatijalariHuquq-Tartibot Idoralari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar