date
views 2 785

Trampning shaxsiy yordamchisida koronavirus aniqlandi

Trampning shaxsiy yordamchisida koronavirus aniqlandi
Foto: Doug Mills/ EPA
CNN telekanalining xabar berishicha, koronavirus Trampning shaxsiy kamerdineri vazifasini bajaruvchi AQSH harbiy-dengiz kuchlari xizmatchisida aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, AQSHda kamerdinerlar nufuzli harbiy qism a’zolari hisoblanib, prezident oilasiga yaqin ishlaydilar.
Tramp o‘z yordamchisida koronavirusga test musbat natija bergani haqidagi xabardan ko‘ngli xira bo‘lgan.

Prezident va vitse-prezidentning virusga testlari manfiy natija berib kelmoqda, ular sog‘lomlar”, deyilgan xabarda.
Koronavirus epidemiyasi vaqtida AQSH prezidenti, vitse-prezident Mayk Pens va Oq uy ma’muriyatining yetakchi xodimlari muntazam ravishda koronavirusga test topshirmoqdalar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning shaxsiy yordamchisida koronavirus aniqlandi