Foto: «Takagazete.com.tr»
Turkiyaning «Bursa Yildirim Spor» havaskorlik klubida to‘p suruvchi futbolchi Jevxer Toktash 5 yoshli o‘g‘lini o‘ldirganini tan oldi. Bu haqda «Sabah» xabar berdi.
Turkiya superligasi klublaridan birining sobiq o‘yinchisi bola o‘limidan 11 kun o‘tib qilmishini tan olgan. Toktashning o‘g‘li COVID-19 gumoni bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bolaning isitmasi chiqib, yo‘tala boshlagandan so‘ng 32 yoshli sportchi «Tez yordam» chaqirgan va o‘zi ham o‘g‘li bilan shifoxonaga yo‘l olgan.
23 aprel kuni Jevxer shifokorlarni palataga chaqirib, o‘g‘li nafas olishga qiynalayotganini aytgan. Tibbiyot xodimlari bolaning hayotini saqlab qolisholmagan. Ular koronavirus infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarga xos alomatlarni hisobga olib aynan kasallik futbolchi o‘g‘lining o‘limiga sabab bo‘lgan, degan xulosaga kelishgan. Keyinchalik Toktashning o‘zi politsiyaga murojaat qilib, aybiga iqror bo‘lgan.
Sportchining so‘zlariga ko‘ra, palatada yolg‘iz qolishganida o‘g‘lini yostiq bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan. U o‘z xatti-harakatini bolani hech qachon yoqtirmagani bilan izohlagan. Shu bilan birga, Jevxer o‘zida ruhiy kasalligi borligini rad etgan.
Politsiya Toktashni hibsga oldi — sportchi qotilligi uchun sud oldida javob beradigan bo‘ldi. U umrbod qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin. Bundan tashqari, rasmiylar o‘g‘lining jasadini tekshirish uchun eksgumatsiya qilishga qaror qildi.
Toktash «Xajettepe» klubi sharafini himoya qilgan. Uning tarkibida Turkiya oliy futbol divizionida — Superliga doirasida yettita uchrashuv o‘tkazgan.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?