
Shotlandiyaning Dankeld shahri Pert-end-Kinross okrugida yashovchi fotograf noyob oq rangli olmaxonni suratga oldi. Daily Mail nashri noodatiy jonivorning suratlariga e’tibor qildi.
Kris Eddington uyi yaqinida sayr qilib yurganida leykizmga uchragan olmaxonni ko‘rib qolgan.
Suratlarda oq rangli olmaxonning daraxt tagida o‘tirganini ko‘rish mumkin.
«Men avval hech qachon bunaqa olmaxonni ko‘rmagandim», — deydi fotograf.

Eddingtonning olgan rasmlari Edinburgda joylashgan olmaxonlarni himoya qilish bo‘yicha tashkilotda ham qiziqish uyg‘otgan. Tashkilot vakili AnnMari MakMaster Eddingtonning suratlari ajoyib ekanligini ta’kidlagan.
Leykizm — jonivorlarning ustki qoplami rangining o‘zgarishi hisoblanadi. Ushbu kasallikda jonivorlarda pigment to‘qimalari umuman bo‘lmaydi.
ShotlandiyaDankeld shahriOq rangli OlmaxonFotograf Kris EddingtonLeykizm kasalligiJonivorlarning Ranglari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar