Foto: Daily Mail
Ispaniyada yashovchi 113 yoshli Mariya Branyas koronavirusdan sog‘aygan dunyodagi eng keksa inson bo‘ldi, deb yozadi Daily Mail.
Ispaniyaning Olot shahridagi keksalar uyida mart oyida koronavirus epidemiyasi tarqaldi. Barcha himoya chora-tadbirlari olib borilgan bo‘lsa-da, ayol kasallikni yuqtirdi.
Kasallik simptomlarsiz o‘tdi, ayol virusni boshqalarga yuqtirmaslik uchun xonasidan chiqarilmadi.
Branyasning qizining aytishicha, onasi xonasidan chiqmayotganidan tashvishlanib, 113 yoshini bir o‘zi qarshi olishidan qo‘rqqan.
Foto: Newsflash
Biroq ayol tez orada sog‘aygan. U bilan birga kasallikka chalingan keksa insonlardan 17 nafari vafot etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol hozirgi kunda koronavirusni yenggan 110 yoshdan oshgan eng keksa inson hisoblanadi.
Mariya Branyas Ispaniyaning eng keksa fuqarosi hisoblanadi. U ikkita jahon urushi, ispan grippi pandemiyasini boshdan kechirgan. Ayolning uch farzandi, 11 nevarasi va 13 nafar chevarasi bor. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi