Meksikada koronavirus ko‘rinishidagi do‘l yog‘di

Meksikada koronavirus ko‘rinishidagi do‘l yog‘di
Meksikada koronavirusga o‘xshash do‘l yog‘di. Odamlar ushbu do‘lni pandemiya vaqtida uyda o‘tirish kerakligini eslatish maqsadida Tangri yuborgan, deb qabul qilishgan. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Antiqa shakldagi do‘l Nuevo-Leon shtatida yog‘gan. Uning donalari koronavirusning tojiga o‘xshash bo‘rtmalarga ega bo‘lgan.
Meksikada koronavirus ko‘rinishidagi do‘l yog‘di
Jahon meteorologik tashkiloti mutaxassisi Joze Migel Vinas do‘l donalari suratlarini o‘rganib, ularning antiqa shaklga egaligida hech qanday g‘ayritabiiy narsa yo‘qligini aytgan.

Kuchli dovullar vaqtida turli o‘lchamdagi do‘l donalari bir-biriga urilganda parchalanib, turli antiqa shakllarga, jumladan shunday bo‘rtmalar hosil qilib birlashadi”, deb tushuntirgan ushbu holatni mutaxassis.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar