03:23 / 23.05.2020
3 182

Qatar «Gazprom»ga zarba bermoqchi

Qatar «Gazprom»ga zarba bermoqchi
Saad Sherida al-Kaabi.
Foto: «Novosti energetiki»

Qatar energetika vaziri hamda «Qatar Petroleum» davlat kompaniyasi ijrochi direktori Saad Sherida al-Kaabi koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqiroz tufayli mamlakat tabiiy gaz yetkazib berishni kamaytirish emas, garchi bu kelajakda moviy yonilg‘i narxining tushib ketishiga olib kelsa ham, ishlab chiqarishni yanada kuchaytirish haqida o‘ylayapti.

«Xarajatlar nuqtai nazaridan biz dunyodagi eng samarali ishlab chiqaruvchimiz, shu bois bozordagi shoklarni yengib o‘ta olamiz», — «Finanz.ru» portali Al-Kaabidan shunday iqtibos [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly94YWJhci51ei94b3Jpai9xYXRhci1nYXpwcm9tZ2EtemFyYmEtYmVy]keltirmoqda[/leech].

«Qatar Petroleum» rahbari ta’kidlaydiki, aksariyat ishlab chiqaruvchilar narxlar pasayib ketgani uchun qazib chiqarishni kamaytirishga tushgan, ammo bu ssenariy Qatarga to‘g‘ri kelmaydi.

Kompaniya rejasida ishlab chiqarishni 2025 yilda 110 mln. tonnagacha, 2027 yilda 126 mln. tonnagacha yetkazish belgilangan. Rejani uddalash uchun kompaniya «North Field» konidagi 80 ta razvedka shaxtasida burg‘ulash ishlarini olib bordi. Siqilgan tabiiy gaz (STG) tashuvchi 100 ta tanker qurilishi bo‘yicha shartnomalar imzolangan.

Qatar — siqilgan tabiiy gaz ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi mamlakat.
Bir paytning o‘zida AQSH ham 4 ta kuchli STG-loyihani ishga tushirmoqda.

Yevropada tabiiy gazning narxi «Gazprom» uchun rentabellik darajasidan shundoq ham pasayib bo‘lgan sharoitda «ufqda» Qatar va AQSH jiddiy STG-loyihalari bilan paydo bo‘lishi rus gazining qiymatini yanada pasaytirib yuborishi kutilyapti. Yanvar-aprel oylarida «Gazprom»ning Yevropa ittifoqiga gaz yetkazishi 20 foizga pasaygani, xususan, Germaniya xaridni 46 foizga qisqartirgani aytilmoqda. STG kirib kelishi esa, aksincha, 16 foizga o‘sgan. Vaziyat shu ketishda «Gazprom»ning Yevropadan siqib chiqarilishi bilan intiho topishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qatar «Gazprom»ga zarba bermoqchi