Foto: REUTERS
Apple kompaniyasi AQSHdagi tartibsizliklar vaqtida kompaniya do‘konlaridan o‘g‘irlangan iPhone’larni bloklamoqda. Ta’kidlanishicha, bunday iPhone’lar ishlamaydi.
Undan foydalanmoqchi bo‘lgan kishi ekranda qurilmani o‘g‘irlangan do‘konga qaytarishga chaqiruvchi xabarni va “qurilma o‘chirilgani va kuzatilayotgani, mahalliy hokimiyat bu haqida ogohlantirilishi” haqidagi axborotnigina ko‘radi.
Apple tartibsizliklardan biroz oldin koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan karantindan keyin o‘z do‘konlarini ocha boshlagandi va ulardan ba’zilarini tatibsizliklar vaqtida ziyon yetishi xavotirida yopgandi. Kompaniyada ta’kidlanishicha, Vashington, Los-Anjeles, San-Fransisko va boshqa shaharlardagi do‘konlarga ziyon yetgan, ularning ba’zilaridan gadjetlar o‘g‘irlab ketilgan.
O‘g‘irlangan smartfonlarning bloklanishi va ortidan kuzatilishi Apple uchun odatiy jarayon hisoblanadi. Buning uchun do‘konlarda sotiluvchi ayfonlarga ular o‘g‘irlanganda faollashuvchi maxsus dastur o‘rnatiladi.
AQSHda afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan ushlanishi vaqtida o‘lgandan keyin irqchilikka qarshi norozilik namoyishlari boshlanib, ular keyinroq tartibsizliklar va marodyorliklarga aylanib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”