Foto: EPA
Reddit foydalanuvchisi soxta akkaunt orqali erining xiyonatini fosh qilishga muvaffaq bo‘lganini so‘zlab berdi, deb yozadi «Korrespondent.net».
Ayol erining smartfonida tanishuvlar dasturi o‘rnatilganini sezib qoldi. Shunda u soxta akkaunt ochib, eri bilan dasturda gaplasha boshladi.
Internet foydalanuvchisning aytishicha, u eri bilan tanishganiga 20 yil, turmush qurganiga esa 15 yil bo‘lgan.
U Reddit foydalanuvchilaridan endi qanday yo‘l tutish borasida maslahat so‘ragan. Ayol turmush o‘rtog‘i bilan bu haqda «baqir-chaqirsiz» qanday gaplashib olishni bilmasligini aytgan. Shuningdek, u eriga boshqa ishonmasligini ham yozgan.
Foydalanuvchilar unga o‘zini qo‘lga olib, eri bilan yozishishda davom etish, uning qanchadan beri bu dasturdan foydalanishini hamda nima sababdan ro‘yxatdan o‘tganligini so‘rashni tavsiya qilgan.
Ayrimlar esa ayolga erini uchrashuvga taklif qilishni, bu holatda uning o‘zini qanday tutishini ko‘rishni maslahat bergan.
Foydalanuvchilarning boshqa qismi esa erkakning tarafini olib, u boshqa ayollar bilan yozishayotgani xotiniga xiyonat qilayotganini anglatmasligini yozgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi