
Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, 8 iyun holati bo‘yicha dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 7 million kishidan oshdi.
Kasallanish holatlarining aksariyati AQSHda qayd etilgan, u yerda 1,9 million kishida koronavirus aniqlandi, Braziliya ikkinchi o‘rinda - 691,7 ming kishi, keyin Rossiya - 467 ming, Buyuk Britaniya - 287,6 ming, Hindiston - 257,4 ming kishi.
Dunyoda koronavirusdan vafot etganlar soni 402 mingdan oshdi. Vafot etganlar soni bo‘yicha ham AQSH birinchi o‘rinda - 110,5 ming, Buyuk Britaniya - 40,6 ming, Braziliya - 36,4 ming, Italiya - 33,8 ming, Fransiya - 29,1 ming kishi.
Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasining tarqalishi dunyoning 188 mamlakatida rasman tasdiqlandi.
KoronavirusJons HopkinsKasallanish HolatlariAQSHda KoronavirusVafot EtganlarDunyoda Tarqalish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar