
Foto: «Vladtime.ru»
Pandemiya tugagandan so‘ng koronavirusning yuzaga chiqish tabiati grippning mavsumiy xarakteriga o‘xshab qoladi, deb hisoblaydi tibbiyot fanlari doktori, professor Viktor Zuyev. Bu haqda u «Zvezda» telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Professorning ta’kidlashicha, COVID-19 pnevmoniyasini chaqiruvchi virus gripp singari pnevmotrop hisoblanadi. Shu bois koronavirusning yangi to‘lqini mavsumiy gripp epidemiyasi alomatlariga ega bo‘ladi.
«Biz grippning yiliga ikki marta: erta bahorda va kech kuzda kelishini shunchaki unutib qo‘yganmiz. Kech kuzda kasallik yana avj oladi. Bu safar faqat gripp emas, koronavirus ham qo‘shiladi», — dedi Zuyev. Shunga qaramay, iyul, avgust va sentabrda «grippni unutganimiz kabi koronavirusni ham esimizdan chiqaramiz».
Uning ta’kidlashicha, koronavirus o‘ta patogen (kasallik qo‘zg‘atuvchi) emas, lekin nihoyatda yuqumli bo‘lib chiqdi. «Pandemiya tugagandan so‘ng uning yuqumliligi ancha kamayadi, so‘ngra u yiliga ikki marta — bahorning boshida va kuzda zo‘rayib turadi, — deya taxmin qildi Zuyev. — Ya’ni ikkinchi to‘lqin taxminan oktabrlarda boshlanadi».
PandemiyaKoronavirusProfessor ZuyevGripp EpidemiyasiTibbiyot FanlariPnevmotrop Virus O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar