Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 82 yoshli chechen qariyani Qirg‘izistondagi qariyalar uyidan vataniga olib kelishni buyurdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda Checheniston rahbarining yordamchisi, Grozniy teleradiokompaniyasi direktori Axmed Dudayev ma’lum qildi.
Keksa Danga Bitayevning tarixini birinchi marta o‘zining instagram sahifasida qirg‘izistonlik jamoat arbobi Assol Moldokmatova yozgan. U joylashtirgan videoda qariya asli Chechenistondan bo‘lganini, necha yoshda ekanligini eslolmasligi va 1944 yilda chechenlar deportatsiyasi paytida Qirg‘izistonga kelganini aytgan.
"Danga Bishkekdagi qariyalar uyida 10 yildan beri yashaydi. U Grozniy shahrida tug‘ilgan va qatag‘onlar davrida Qirg‘izistonga kelgan. Qarindoshlari va do‘stlari yo‘q. U Chechenistonga borishni orzu qiladi... Ehtimol, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bu haqda bilsa, uning orzusi ushalardimi?" – deb yozgan Moldokmatova chechen chol haqida.
Ramzan Qodirov keksa hamyurtini iloji boricha tezroq uyiga qaytarishni buyurdi. Checheniston poytaxtida bu keksa odamning qarindoshlari ham topilgan, ular uzoq yillardan beri qarindoshlarini qidirib topa olishmagan ekan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi