
Foto: The Sun
AQSH prezidenti Donald Tramp 14 iyunda 74 yoshini qarshiladi. Biroq uning raqiblari prezident uchun bunday tantanali kunda uning dilini xira qilish maqsadida Twitter’da aksiya yo‘lga qo‘yib, sobiq prezident Barak Obamani tug‘ilgan kuni bilan tabriklashga tushib ketishgan. Vaholanki, Obama o‘z tavallud kunini 4 avgustda nishonlaydi.
Obamaga tabriklar AQSHda irqchilikka qarshi namoyishlar shiori #BlackLivesMatter’ga ishora qilgan holda #AllBirthdaysMatter (Barcha tug‘ilgan kunlar muhim) xeshtegi bilan e’lon qilinmoqda.
Ba’zilar o‘z tabriklarida Obama prezidentligi vaqtida yashash baxtiga muyassar bo‘lganlaridan xursandlik bildirishgan va sobiq prezidentni Trampdan farqli, hammaga mehribon bo‘lgan “millat otasi”ga qiyoslashgan.
AQSHDonald TrampBarak ObamaTug‘ilgan KuniIrqchilikka QarshiNamoyishlar Shiori O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar