
Foto: Globallookpress.com
Shveysariyaning Boshqaruvni rivojlantirish instituti (IMD) ishlash va biznes yuritish uchun eng yaxshi davlatlar reytingini yangiladi. Yangi reytingning yetakchisi Singapur bo‘ldi.
Singapur o‘tgan yilgi reytingda ham birinchi o‘rinni egallagan. Shuningdek, yetakchi beshtalikka Daniya, Shveysariya, Niderlandiya va Hongkong kirgan. Bundan tashqari, yetakchi o‘ntalikdan Shvetsiya, Norvegiya, Kanada, BAA va AQSH joy olgan. Xitoy 20-o‘rinni egallagan.
14-o‘rinni soliq imtiyozlari mavjudligi sababli ko‘plab kompaniyalar tomonidan ro‘yxatdan o‘tish joyi sifatida qo‘llanuvchi Luksemburg, 17-o‘rinni Germaniya, 19-o‘rinni Britaniya egallagan.
Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlaridan 63 ta davlatdan iborat ro‘yxatga faqat Qozog‘iston kiritilgan bo‘lib, u 42-o‘rinni egallagan.
Reyting mualliflari uni tuzishda 4 ta asosiy ko‘rsatkichga asoslanishgan: iqtisodiyotning holati, hukumatning samaradorligi, biznesning samaradorligi va infratuzilmaning holati. Ular bunda mahalliy va xalqaro statistik ma’lumotlardan foydalanishgan va turli sohalarda faoliyat yurituvchi kompaniyalar rahbarlari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazishgan.
Tadqiqotning asosiy qismi pandemiya boshlangungacha o‘tkazilgan. Biroq mualliflarning ta’kidlashicha, reyting yetakchilari koronavirusga qarshi kurashda ham samaradorlik va qayishqoqlik namoyish qilishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar