Foto: Armaniston bosh vazirining matbuot xizmati
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradiga bora olmasligini ma’lum qildi. U mazkur qarorga kelishiga Armanistondagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab bo‘lganini qayd etgan, deb yozmoqda «RIA Novosti».
«Men ushbu taklifni katta ehtirom bilan qarshi olgandim va Moskvadagi tantanali tadbirlarda ishtirok etishni maqsad qilgandim. Ammo epidemiologik vaziyat mazkur tashrifni amalga oshirishimga to‘sqinlik qilmoqda», — deya maktub yozgan Pashinyan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga.
G‘alab paradi Moskva shahrida 24 iyunda bo‘lib o‘tadi. Tadbirga xorij davlatlaridan qaysi rahbarlarning kelishi borasida aniq ma’lumot berilmagan. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov 11 iyunda asosan MDH davlatlaridan 12 nafar davlat rahbari tadbirda ishtirok etish istagini bildirganini qayd etgan. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ushbu paradda ishtirok etishi kutilmoqda.
18 iyunda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatdagi og‘ir epidemiologik vaziyat sabab Moskvadagi ushbu paradga kela olmasligini bildirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida