Foto: «Glas.ru»
Saudiya Arabistonida koronavirus pandemiyasi sabab joriy etilgan komendantlik soatini bekor qilinadi. Bu haqda BBC’ga tayanib, «Interfaks» nashri xabar berdi.
Komendantlik soati 21 iyun, yakshanba kuni bekor qilinadi, biroq shunga qaramay, ko‘plab cheklovlar o‘z kuchida qoladi. Hukumat xorijga sayohat qilish va ziyoratlarga qo‘yilgan taqiqlarni o‘z kuchida qoldirgan.
Hozircha Makkaga Haj ziyoratlarni amalga oshirishga ruxsat qachon berilishi noma’lum. 2020 yilgi Haj ziyoratlari iyul oyining oxirlarida bo‘lib o‘tishi kerak.
Ayrim musulmon davlatlar, xususan, Malayziya va Indoneziya o‘z fuqarolariga joriy yilda Hajga borishni taqiqlab qo‘ygan. Odatda Haj ziyoratlari vaqtida butun dunyodan 2,5 millionga yaqin musulmon Makkaga tashrif buyuradi.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus sabab Saudiya Arabistonida 23 martdan boshlab shaharlar aholisining harakatlanishiga taqiq kiritilgan bo‘lib, soat 19:00 dan 06:00 ga qadar komendantlik soati joriy etilgan. Mazkur cheklov 21 kun davomida amalda bo‘lishi belgilangan edi. Makkadagi Al-Harom va Madinadagi Nabaviy masjidlarida mart oyining oxirida jamoat namozlari to‘xtatilgandi va masjidlar Ramazon oyida yopiq holda qolgandi.
Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistonida koronavirus bilan kasallanganlar soni 155 mingga yaqinlashib qolgan, hozirga qadar 1,2 mingdan ortiq odam COVID-19 qurboniga aylangan.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?