AQSH prezidenti Donald Tramp koronavirus tarqalishi Xitoydan boshlanganiga navbatdagi marta e’tibor qaratib, virusga yangi nomlar taklif qildi. Tramp bu haqda Arizona shtatidagi saylovoldi mitingda aytib o‘tdi.
“Bizda epidemiyagacha hammasi yaxshi edi va epidemiyadan keyin yana hammasi yaxshi bo‘ladi. Men virus uchun 19 ta yoki 20 ta nom taklif qilishim mumkin. “Uhan” esda qoladigan bo‘lgandi. Yoki misol uchun, “Kung-flyu” [Xitoy jang san’ati kung-fuga so‘z o‘yini, flyu inglizchada “gripp”ni anglatadi]. COVID-19. Men “19 nima degani?” deb so‘ragandim. Ba’zi odamlar COVID-19 nima ekanligini tushuntirib berisha olmaydi. Bu g‘alati nom. Kimdir virusni “Xitoy grippi” deb atamoqda. Biroq nima bo‘lganda ham, biz pandemiyadan keyin har qachongidan kuchliroq bo‘lamiz”, deb ta’kidlab o‘tgan Tramp.
Ta’kidlanishicha, AQSH prezidenti namoyishda pandemiya bilan bog‘liq holda Xitoyni bir necha marta tilga olgan.
Trampning fikricha, Xitoy koronavirus pandemiyasi boshlanishiga javobgar hisoblanadi. Vashington Pekinni koronavirus kelib chiqishi va uning tarqalishi ko‘lamlari haqidagi ma’lumotni yashirishda ayblab kelmoqda.
Avvalroq AQSH prezidenti koronavirus tarqalishi manbasi Xitoyning Uhan shahridagi laboratoriya bo‘lganiga ishonchi komilligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi