
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev Qrimni qaytarib olishiga va’da berdi. Bu haqda UNIAN agentligi xabar berdi.
Zelenskiy Ukraina janubiga tashrifi chog‘ida qrim-tatar faollari bilan uchrashuvida ana shunday bayonot bilan chiqqan.
"Biz hammasini qaytaramiz — Qrimni ham, odamlarni ham qaytaramiz", — degan u.
Vladimir Zelenskiy shuningdek, yarim orolda qrim-tatarlar bayrog‘i ko‘tarilishiga va’da bergan.
Qrim 2014 yilda o‘tkazilgan referendum natijasida Rossiya tarkibiga qo‘shilgandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Rossiya 1» telekanalida namoyish etilgan «Rossiya. Kreml. Putin» filmi muallifi Pavel Zarubin bilan suhbatda 2014 yilda Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishi «yarim orol aholisining demokratik tanlovi» ekanligini yana bir bor ta’kidladi.
«Qrim har doim bizniki bo‘lgan, hatto huquqiy nuqtai nazardan ham», - deya qo‘shimcha qildi u.
Ukraina PrezidentiVladimir ZelenskiyQrimni QaytarishQrim-Tatar FaollariRossiya 1Demokratik TanlovYarım Orol Aholisi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar