
Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Donald Trampning maslahatchisi, uning saylov kampaniyasi uchun mablag‘ to‘plashga mas’ul bo‘lgan Kimberli Gilfoylda koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi CNN.
Qayd etilishicha, Tramp maslahatchisi yaqin orada prezident bilan aloqada bo‘lmagan.
«Test javobi musbat chiqqach, Kimberli zudlik o‘z-o‘zini yakkalash rejimiga o‘tdi. U o‘zini yaxshi his qilmoqda. Tashxisni tasdiqlash uchun yana bir test topshiradi, chunki unda kasallik alomatlari mavjud emas», — deydi Trampning saylovoldi kompaniyasi moliyaviy rahbari Serxio Gor.

Foto: Facebook
Gilfoyl prezidentning to‘ng‘ich o‘g‘li kichik Donald Trampning qiz do‘sti hisoblanadi. Prezident o‘g‘lining ta’kidlashicha, uning koronavirusga topshirgan test javobi manfiy bo‘lib chiqdi. Ehtiyot chorasi sifatida kichik Donald Tramp o‘z-o‘zini yakkalash rejimiga o‘tdi.
Manba: Daryo.uz
AQSHDonald TrampKoronavirusKimberli GilfoylYakkalash RejimiTest Javobi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar