REUTERS
Yakshanbadan Qozog‘istonda yana jamoat transporti harakati cheklandi, odamlarga uch kishidan ortiq yurish taqiqlandi. Sport iinshootlari va savdo markazlari yopilib, ommaviy tadbirlar bekor qilindi. Bu haqda bbc.com xabar berdi.
Qozog‘iston ana shu cheklovlar tufayli butun mamlakat bo‘ylab ikkinchi marta karantin joriy qilgan dunyodagi birinchi davlat sifatida tarixga kirdi. Biroq mamlakatda xalqaro parvozlar to‘xtatilmayapti, mintaqalararo harakatlanish erkin. Dorixona, oziq-ovqat do‘konlari va bozorlar faoliyatiga ruxsat berilgan.
Manbada aytilishicha, Qozog‘istonda oldingi karantin choralari 16 martdan 11 mayga qadar amal qilgan. Yangi cheklovlar ikki hafta davom etishi kerak. Ammo birinchi marta karantin joriy qilingan paytda Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni hozirgidan besh barobar kam yoki 9 ming nafar edi. Hozir esa bu ko‘rsatkich 48 ming 500 nafarni tashkil etmoqda.
Karantin choralari bekor qilingan 11 mayning o‘zida 5100 ta yangi holat qayd etilgan. Aksar qozog‘istonliklar ijtimoiy masofa saqlash va niqob taqish haqidagi tavsiyalarga rioya qilmagani, ta’til uchun xorijiy mamlakatlarga yo‘l olgani aytiladi.
Ayni paytda Prezident Qosim-Jo‘mart Toqayev Qozog‘iston koronavirusga qarshi kurashni boy berayotgani va hukumat vaziyatni nazorat qilmayotgani haqidagi tanqidlarni rad etgan.
Toqayev Qozog‘iston matbuotiga bergan intervyusida hukumat virusni jilovlash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rayotganini aytib, mamlakat aholisini karantin tartibiga qat’iy amal qilish va sanitariya qoidalarini saqlashga chaqirgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Sharmandaga shahar keng
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti